Fati Messining akasi xizmatidan voz kechib, Ronalduning agenti bilan hamkorlikni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 447

«Barselona» hujumchisi Ansu Fati o'z agentini o'zgartirishga qaror qildi, deya xabar tarqatdi "Mundo Deportivo".
Manbaga ko'ra, 17 yoshli futbolchi jamoadoshi Lionel Messining akasi Rodrigo Messining xizmatidan voz kechib, taniqli agent Jorje Mendesh bilan hamkorlikni boshladi. Ushbu agent «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu, «Barselona» himoyachisi Nelson Semedu va «PSJ» yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning manfaatlarini himoya qiladi.
Fati nima uchun bunday qarorga kelganiga izoh bermadi. Ansuning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265