Rekordlarni o'rnatayotgan "Bavariya"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 412
33
Stadion.uz “Bavariy” jamoasi va uning futbolchilari bu mavsumda nimalarni amalga oshirgani borasida fikr almashadi.
Robert Levandovski 64 ta gol 46 ta o'yinda
Ochig'i, Leo Messini “Bavariya”ga qarshi o'yinda maydonda deyarli ko'rganimiz yo'q. De Bryuyne esa, “Lion”ga qarshi uchrashuvda ko'rinmay qoldi. Robert esa, butun mavsum davomida ko'rinish berishdan charchamadi. Kataloniya klubiga qarshi o'yinda polyak himoyachilarni chalg'itish borasida chinakam master-klass namoyish etdi. Infantino vaziyatni ko'rgach, “oltin to'p”ni topshirish haqida bosh qotirayotgani bor gap. Balki, PSJ jamoasi chempionlikni qo'lga kiritsa, Neymar sovrinni ilib ketar. Bunisi muhim emas, asosiysi bu mavsumda Robert taqdirlanishga loyiq. 31 yoshli hujumchi faoliyati davomidagi eng zo'r mavsumni o'tkazmoqda. Uning EChLdagi ko'rsatgichlari 15 ta gol va 5 ta assist. Bu natijani yaxshilab olish uchun esa, oldinda yana bitta 90 daqiqa mavjud.
Devis – 36,51 km

Aslida, tezkor futbolchilarning o'rtacha tezligi soatiga 34 km tashkil etadi, ammo Alfonso uchun bu kamlik qiladi. “Bavariya”ning bu mavsumdagi kashfiyotiga aylangan kanadalik futbolchi Kanadaga Liberiyadan kelgan muxojirlar oilasida tavvalud topgan. E'tiborlisi shundaki, “Bavariya” uning transferi uchun ulkan summa to'lamdi, biroq super ijrochini qo'lga kiritdi. Luka Ernandes uchun 80 million evro sarf etilganida, 19 yoshli Alfonso uni soyada qoldirishi kimning hayoliga kelgan edi? Uning o'yinlarini ko'rgan sayyoramizning eng kuchli fulbeklaridan biri Marselo ham jim tura olmadi:
“Sening o'yinlarining menga quvonch bag'ishlamoqda”
Tomas Myuller – 26 ta assist
Tomas bu mavsumda Bundesliganing assistlar soni bo'yicha rekordini yangiladi. Kevin De Bryuyne tomonidan o'rnatilgan plankani zabt etdi. Germaniya terma jamoasi safida JCh g'olibiga aylangan Myullerning o'yinida o'sish Flik jamoaga kelgach namoyon bo'ldi. Gvardiola va Kovachlar uddalay olmagan ishni, Xans-Ditter qisqa muddatda epladi va Myullerni yana asosiy tarkibga qaytardi. Tomas o'yinni va maydonni yaxshi his etadi. Shu bois, mavsum davomida 49 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobida 14 ta gol+26 ta assistni yozdirib qo'ydi. Agar LevanGOLski (qariya Tomas jamoadoshini shunday chaqiradi) bo'lmaganida, “oltin to'p” uchun asosiy da'vogar Myuller bo'lishi aniq edi.
Manuel Noyer – 74,8 zabrani baratar etdi

Ayni damda “gollivud” tarkibida 8 ta JCh g'olibi harakat qilmoqda. Ulardan 3 tasi nemis futbolchisi bo'lsa, yana 4 tasi Frantsiya terma jamoasi a'zolari. Ispaniyadan Xavi Martines bu ro'yxatni yakunlab beradi. E'tiborlisi shundki, bugungi kunda ushbu ro'yxatdagilar ichida Noyer barchadan ko'proq naf keltirmoqda. Noyer biroz injiq bo'lishi mumkin, lekin u maydonda o'z darajasini namoyish etishdan to'xtamayapti. Bu mavsumda jamoa bilan o'z shartlari asosida shartnoma tuzgan (2023-yilga qadar) Manuel mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. Bundesligada darvozasi sari yo'llangan zarbalarning 74 foizini bartaraf etgan kipper Keylordan (PSJ kipperi) bu borada biroz ortda, biroq finaldagi ajoyib o'yin barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin.
Kimmix, Tiago, Alaba – 10 foiz brak

Bu futbolchilarning maydondagi vazifasi turlicha. Flik Albaning etakchiligidan foydalanish uchun uni markazga ko'chirdi. Boateng bilan tandemda u hatoalarning kamayishini ta'minlab bermoqda. Shu bilan birgalikda Kimmixning o'yinlarini alohida qayt etmaslikning iloji yo'q. Yosh bo'lishiga qaramay, qahramonimiz jamoaning chinakam etakchisiga aylanib bo'ldi. Har bir o'yinda o'rtacha 2,3 ta havfli vaziyat sodir etayotgan futbolchi o'yin davomida 77 tadan kam aniq uzatma bermaydi. Bu esa, “Bavariya”ning intensiv futbol namoyish etishini ta'minlashda muhim omil. Shu o'rinda, Tiago alkantarani ham unutmaslik lozim. Ispan Bundesligadan charchagani uchun ham jamodan ketmoqchi. Uning yarim himoyadagi kreativ harakatlari hujumdagi rang-branglikni ta'minlamoqda.
Gnabr – 40 ta gol+pass
“Lion”ga qarshi uchrashuv oldidan, “Bavariya”ga oson bo'lmasligi aniq edi. Rudi Garsiya raqibning imkoniyatlarini to'g'ri baholangan holda, idial himoyani tashkil etdi. “Lion” o'z imkoniyatlarini yo'qqa chiqardi, biroq Gnabry katta sahanaga chiqdi. E'tiborlisi shundaki, Gnabri o'zining EChLdagi (bu mavsumda) gollari sonini 9 taga etkazib oldi. Undan faqat Xolland va Levandoskigina oldinda.
Flik ketma-ket 20 ta o'yindan beri (barcha musobaqalarda) g'alaba qozonib kelmoqda
E'tiborlisi shundaki, Flik 20 ta o'yindan beri ketma-ket g'alabalarga erishib kelmoqda. Bu seriya ichida “Borussiya Dortmund”, “Barselona”, “Chelsi”, “Lion” singari kuchli klublar mavjud. Flikning jamoasi ketma-ket o'yinlarda yirik hisobda g'alaba qozonib kelmoqda. Murabbiy o'z shogirdlarining formasini tiklab olishiga imkon beribgina qolmay, rotattsiyadan ham unumli foydalanmoqda. Umuman olganda, bu mavsumdagi “Bavariya”ning super o'yinlari ortida Xans-Diter Flikning mehnatlari yotibdi.
Manba: Stadion.uz
Bosh sahifaga
266