So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Super final
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438
"PSJ" - "Bavariya". Chempionlar ligasi darajasiga mos final. Ikkisi ham turnirga o'z yurti chempioni sifatida chiqqan va bu mavsum ham chempion bo'ldi. Plyus, taxmin qilish murakkab bo'lgan final.
Ha, "Bavariya" qo'rqinchliroq ko'rinadi. Biroq Mbappe, Neymar, Di Mariyalar haddan tashqari xavfli va sxemalarni buzib tashlay oladigan texnikaga ega. Muhim tomoni, ular avvalgidek alohida dunyo bo'lib emas, o'zaro kombinatsion futbol o'ynashga o'rganishdi. Shuning evaziga "PSJ" nihoyat birinchi bor finalga chiqdi. Frantsuzlarda asosiy kuch kontsentratsiyasi oldingi chiziqda. Keyin sovuqqon “buzg'unchilardan” iborat markaz. O'rtacha saviyali himoya. Yaxshi darvozabon. Ya'ni hammasi alohida, guruchi, sabzisi, go'shti. "Bavariya"da esa aralash, ya'ni pozitsiya hamda chiziqlar o'rtasida mukammal balans. Bir tekis.
"PSJ" - "Bavariya". Qat'iy va o'ta aniq hisob-kitobga qarshi improvizatsiya va noodatiy yondoshuv. Bunday ko'rinishdagi qiziqarli finalni intizorlik bilan kutyapman, natijasiga esa befarqman. Finaldan zavq olishning eng zo'r yo'li shu.
Davron Fayziev.