So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL. «Bavariya» yarim finalda «Lion»ni to'xtatdi va finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239
Yarim final bosqichiga qadar "Yuventus" va "Manchester Siti" klublarini musobaqadan chiqarib yuborgan "Lion", yarim finalda "Bavariya"ga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish etib berdi. Jamoa hattoki g'alaba qozonishi mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalana olmaslik frantsiyaliklarga pand berdi.
"Lion" o'yin boshida gol urish naq 3ta vaziyatga ega bo'ldi. Bahsning 4-daqiqasida Depay darvozabon yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, Noyerni ham aldadi, ammo bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba bera olmadi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Goretska "Bavariya"ni goldan qutqargan bo'lsa, oradan 4 daqiqa o'tib Ekambi 4-5 metr masofadan darvoza ustunini nishonga oldi.
Bahsning 18-daqiqasida esa myunxenliklar hisobni ochishdi. Serj Gnabri jarima maydoni atrofida 2 himoyachini aldab o'tdi va 16 metrdan chap oyoqda zarba berib, darvozani ishg'ol qildi!
"Bavariya" birinchi bo'limning o'zida hisobdagi farqni 2taga oshirdi. Aslida qanotdan etkazilgan uzatmani Levandovski 3-4 metrdan darvozaga joylashi kerak edi. Ammo zarba kuchsizroq chiqqani uchun Lopesh qaytardi. Qaytgan to'pni Gnabri yaqin masofadan darvozaga joylab qo'ydi.
Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa futbolchisi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Perishich va Ekambining zarbalarini darvozabonlar qaytarib qolishdi. O'yin tugashiga 2 daqiqa qolganida esa o'ng qanotda belgilangan jarimadan etkazilgan uzatmaga Robert Levandovski bosh bilan zarba berib, darvozani zabt etdi — 0:3.
Shu tariqa, "Bavariya" Evropa chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Myunxenliklar finalida "PSJ" bilan to'qnash kelishadi. Final 23 avgust kuni bo'lib o'tadi.
EChL, yarim final
Lion Frantsiya – Bavariya Germaniya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 18 Gnabri, 0:2 – 33 Gnabri, 0:3 – 88 Levandovski.
Lion – Antoni Lopesh, Denayer, Marselo, Marsal (Sherki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).
Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Gorettska (Pavar, 82), Perishich (Koman, 63), Gnabri (Koutino, 75), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Marselo (35), Marsal (42), Tiago Mendes (86).