Ferdinand yarim yilga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358

«Manchester Yunayted» afsonasi Rio Ferdinand yarim yil muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etildi, deya xabar qilmoqda BBC.
41 yoshli sobiq futbolchi 18 avgust kuni bo'lib o'tgan sud majlisida o'z aybini tan olgan. U avtomobil boshqarib ketayotgan vaqtda tezlikni oshirgani haqiqat ekanligiga iqror bo'lgan.
Sud qaroriga ko'ra, Ferdinand olti oy muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etilgan. Shuningdek, Rio 822 funt miqdorida jarimaga tortilgan.
2015 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Ferdinand hozirgi vaqtda Angliya televideniesida ekspert sifatida ish olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241