Evropa Ligasi finalini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

UEFA «Inter» va «Sevilya» jamoalari o'rtasida kechadigan Evropa Ligasi finaliga hakamlar tayinladi.
Uchrashuv Danni Makkeli boshchiligidagi niderlandiyalik hakamlar guruhiga topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Mario Diks va Hessel Stegstra yordam beradi. To'rtinchi hakam — gretsiyalik Anastasios Sidiropulos.
Videotkarorlar tizimida niderlandiyalik Yohem Kamphyuys va Kevin Blom ishlaydi. Shuningdek, polshalik Pavel Gil va Tomash Sokolnitski ofsaydlarga (o'yindan tashqari holat) javob beradi.
Bu Makkeli faoliyatidagi ilk Evropa Ligasi finali hisoblanadi. Avvalroq u 2017/18 yilgi mavsum Evropa Ligasi finali doirasida kechgan «Atletiko» — «Marsel» uchrashuvida assistent sifatida, shuningdek, Chempionlar Ligasining 2018/19 yilgi mavsum finalida («Liverpul» — «Tottenhem») videotakrorlarda ishlagandi.
Evropa Ligasi finali Toshkent vaqti bilan 21 avgustdan 22 avgustga o'tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
243