RPL. «Rostov» Moskvada «Dinamo»ga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 355

Rossiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" va "Rostov" o'rtasidagi o'yin yakuniga etdi.
Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasida katta ustunlik Karpin shogirdlari tomonida bo'ldi. Ammo rostovliklar imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida Normann o'z jarima maydoni chizig'i oldida "Dinamo" yarim himoyachisi Komlichenkoga nisbatan ehtiyotsizlik bilan harakat qilgani uchun hakam VAR yordami "Rostov" darvozasi tomon penalti belgiladi. Penaltidan Filipp unumli foydalanib, hisobni ochdi.
Taym so'ngida esa Nikolay Komlichenko burchakdan etkazilgan uzatmani bosh bilan mehmonlar darvozasiga joylab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
"Rostov" ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglashga harakat qildi. Bir vaziyatda Mamaev to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborib, vaziyatni qo'ldan chiqargan bo'lsa, yana bir vaziyatda Zaynutdinov yakkama-yakka vaziyatda darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov bahs oxiriga qadar maydonda harakat qildi hamda ogohlantirish oldi. O'zbekistonlik futbolchi formaga kirib borayotgani ko'rindi, ammo unga hozircha gol etishmayapti.
"Dinamo" ushbu g'alabadan keyin 7 ochko bilan 1-o'ringa ko'tariligan bo'lsa, "Rostov" 3 ochko bilan 10-o'ringa tushib qoldi.
Rossiya premer-ligasi, 3-tur
Dinamo – Rostov 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 42, penalti Filipp, 2:0 – 45 Komlichenko.
Dinamo – Shunin, Evgenev, Ordets, Skopintsev, Parshivlyuk, Shimanski (Karapuzov, 64), Fomin (Moro, 69), Kabore, Komlichenko (Igboun, 64), N`Ji (Terexov, 83), Filipp (Moskvichev, 83).
Rostov – Pesyakov, Kozlov (Bayramyan, 77), Osipenko, Chernov (Toshevski, 77), Xadjikadunich, Eremenko (Glebov, 67), Normann (Xasimoto, 77), Mamaev, Ionov (Kovalev, 87), Zaynutdinov, Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Zaynutdinov (16), N`Ji (34), Normann (34), Shomurodov (54), Parshivlyuk (60), Moro (90).

Bosh sahifaga
242