Tiago Silva PSJ tarixidan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276

PSJ himoyachisi Tiago Silva Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan «Leyptsig»ga qarshi o'yinda (3:0) maydonda to'liq harakat qildi.
Mazkur bahs braziliyalik futbolchi uchun Parij klubi safida Chempionlar Ligasidagi 59-o'yin bo'ldi. Shu tariqa Silva klub rekordini o'rnatdi. PSJning boshqa hech qaysi futbolchisi Chempionlar Ligasida buncha ko'p o'yin o'tkazmagan.
Qayd etish joiz, Tiago Silva mavsum yakunida PSJni erkin agent sifatida tark etadi. U 2012 yildan beri Parij klubi sharafini himoya qilib keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288