"Borussiya"D murabbiyi: "Sancho hali ko'p narsalarni o'rganishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

Dortmundning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Lyusen Favr jamoa yarim himoyachisi Jeydon Sancho haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-Muhimi, Jeydon biz bilan qoladi. Bu uning uchun ham, jamoa uchun ham muhim. Sancho juda yaxshi futbolchi, lekin u hali ko'p narsalarni o'rganishi kerakligini tushunishi kerak. To'pni yaxshiroq nazorat qilish, himoya ustida ishlash va bosh bilan o'ynash. Shuningdek jamoamizning boshqa futbolchilari ham ko'p narsalarni o'rganishlari kerak - deb aytib o'tdi bosh murabbiy.
Eslatib o'tamiz, 2019/20 yilgi mavsumda Sancho "Borussiya" safida 44 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol va 20 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: Goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287