Rasman! Ronald Kuman — "Barselona" bosh murabbiysi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

Ronald Kuman "Barselona"ning yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy saytida xabar berildi.
Murabbiyning jamoa bilan kelishuvi 2022 yilning yozigacha amal qiladi. Bugun kechqurun mutaxassisning taqdimoti bo'lib o'tadi.
Avvalroq, "Barselona" Kike Setenni jamoa Chempionlar ligasida "Bavariya"ga sharmandali hisobda yutqazganidan so'ng iste'foga chiqargandi.
Eslatib o'tamiz, Kuman "Barselona"da 1989 yildan 1995 yilgacha o'ynagan. Klub bilan birgalikda u to'rt marotaba Ispaniya chempionligini, uch bor mamlakat Superkubogini, bir marta Ispaniya kubogini, Evropa kubogini (Chempionlar Ligasi peshqadami) va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.
Bundan tashqari, mutaxassis ilgari "Barselona"da yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.
Manba: soccernews.ru
Bosh sahifaga
194