O'zbekiston – Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi oktyabr oyiga ko'chirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225

FIFAning 2020-yil 18-avgust kuni O'FAga yuborgan rasmiy xatiga muvofiq, joriy yilning sentyabr oyidagi FIFA kunlari 2022-yil yanvar oyigacha qoldirildi.
Shu sababli, Eron futbol federatsiyasining iltimosiga binoan, O'zbekiston – Eron o'rtoqlik uchrashuvi 7-sentyabrdan 7-oktyabr sanasiga ko'chirildi.
Biroq O'zbekiston milliy terma jamoasining sentyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini rejalashtirilganidek o'tkaziladi.
Shu sababli, Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston – Tojikiston o'rtoqlik o'yini avvaldan reja qilinganidek, 3-sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.
Manba: ufa.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190