So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«PSJ» EChL finaliga chiqquncha klub xo'jayini qancha pul sarflagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438
«PSJ» Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichida «RB Leyptsig» ustidan yirik hisobda g'alaba qozonib, o'z tarixida ilk marta musobaqa finaliga chiqdi.
Statistik ma'lumotlarni berib boruvchi MisterChip tvitteri hisob-kitobiga ko'ra, Nosir al-Helayfiy 2011 yilda jamoani sotib olganidan buyon hozirgi kunga qadar transferlar uchun 1,3 mlrd evrodan ortiq pul sarflagan.
«PSJ» bu vaqt davomida umumiy miqdorda 443 mln evroga futbolchi sotgan. Shu tariqa, transfer balansi minus 860 mln evroni tashkil etdi.
«PSJ» xarid qilgan eng qimmat 6 nafar futbolchi:
Neymar — 222 mln evro;
Kilian Mbappe — 145 mln evro;
Edinson Kavani — 64,5 mln evro;
Anxel Di Mariya — 63 mln evro;
Mauro Ikardi — 50 mln evro;
David Luis — 49,5 mln evro.
Al-Helayfiy boshqaruvida «PSJ» o'z tarixida eng ko'p sovrinni qo'lga kiritdi: Frantsiya chempionati — 7 marta, Frantsiya kubogi — 8 marta, Frantsiya liga kubogi — 7 marta, Frantsiya superkubogi — 7 marta).