Di Mariya, Nagelsman, Tuxel va boshqalar PSJning ishonchli g'alabasi haqida nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358

Stadion.uz bugun tunda bo'lib o'tgan PSJ – “RB Leyptsig» jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng bildirgan fikrlari bilan tanishtirib o'tadi.
Anhel Di Mariya :
«Biz juda xursandmiz. O'yin oldidan mehnatlarimizni tarixga yozib qo'ymoqchi edik. Umid qilamanki, buni uddaladik.
Agar, bugungi uchrashuv singari finalda ham ishonchli o'yin namoyish etsak, ortiqcha muammosiz chempionlikni ham qo'lga kiritishimiz aniq. Bugungi raqibimiz kuchli klub edi, lekin biz ularni zararsizlantirishni uddaladik. Vaholanki, o'yin startida kuchlar teng edi. G'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoq sababli raqibni mag'lub etdik. “Atalanta”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborganim uchun xafa bo'lgan edim, biroq yigitlar yarim finalga chiqib meni xursand qilishgan edi.
Endilikda, oldimizda katta marra mavjud. Bugundan boshlab, har kuni EChL final uchrashuvi haqida hayol surgancha uyquga yotaman. Eng muhimi, hal qiluvchi o'yinga ko'tarinki kayfiyatda etib kelish.
Qanday qilib ulkan tarix yaratish mumkinligi haqida ko'p bosh qotirar edim. Endi bizda shunday imkoniyat mavjud. Oldimizda bitta o'yin va bu juda ko'p narsani hal etib beradi.
Final oldidan raqibimiz kim bo'lishining ahamiyati yo'q. Sababi, “Lion” ham, “Bavariya” ham finalda eng kuchli PSJga to'qnash keladi. Har qanday holatda ham, o'z maksimum o'yinimizni namoyish etamiz.»
Tomas Tuxel
«Ochig'i butun o'yin davomida bir soniya ham hotirjam bo'la olmadim. Himoyalanishimiz bu uchrashuvda men uchun juda muhim edi.
Bugun biz texnika va jamoaviy o'yinning uyg'unligini ko'rsatdik. Boz ustiga, sifatli futbol va o'z kuchiga ishonch maydonda erkin harakat qilishimiz uchun imkoniyat yaratdi.
Eng muhimi o'z o'yin uslubimizga sodiq qoldik. Uchrashuv davomida raqib jarima maydonchasiga qadar bo'lgan zona va qarshi hujumlarni to'liq qo'limizda ushlab turdik. Bundan tashqari, Di Maria, Neymar va Mbappelarning tezligidan unumli foydalanishga qaror qildik va bu yakunda o'zini oqladi. Ayrim murabbiylar singari, muhim uchrashuvlar oldidan o'zgarishlarga qo'l urmadim. Biz qanday to'p tepgan bo'lsak, shu alpozda maydonga tushib keldik. Raqibdan kelib chiqib harakat qilish ham zarar qilmaydi, lekin bu vaziyatda emas.
Futbol muxlislar uchun yaratilgan sport. Barchasini birga engib o'tishimizga ishonaman. Bo'sh tribunalarga qaramay, ular bizni qo'llab-quvvatlab turganiga ishonchim komil. Ular bizning jangovar jamoamizni his qilishmoda degan umiddaman.
“RB Leyptsig” bosh murabbiyi Yulian Nagelsman
Bugun parijliklar final chiptasini qo'lga kiritishga haqli harakat qilishdi. Uchrashuvning ilk 10-12 daqiqasi davomida barchasi o'z o'rnida edi. Bizda hatto imkoniyatlar ham paydo bo'ldi, biroq o'tkazib yuborilgan gollar barchasini barbod qildi. Ikkinchi goldan so'ng, raqib ishonchli himoyalandi. Bilasizmi, PSJ bu juda sifatli jamoa. Futbolchilari ham buni maydonda isbotlab berdi. Hujumda hech narsa o'xshamagach, yigitlar biroz bo'shashib qolishdi. Buni tushunish mushkul emas. Futbolda bunday holat ko'p uchraydi.
Aynan 2 goldan so'ng, shogirdlarim g'alabaga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ygani rost. Bu normal holat. Bugungi o'yindan so'ng, EChLda yaxshi mavsum o'tkazganimizni anglash mushkul. Biroz vaqt o'tgach, barcha “buqalar” EChL musobaqasida qanday mavsum o'tkazganini anglab etadi. O'ylashimcha, bir haftadan so'ng, hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.
Yosh klub uchun mavsum omadli keldi deyishim mumkin. Bu ishni kelasi mavsumda ham takrorlash uchun mehnat qilishda davom etamiz.
Nasser Al-Xelayfi
PSJ jamoasining asosiy orzusi amalga oshdi. Bugun tarixiy kun. Biz klub tarixida ilk bor EChL finaliga qadar etib keldik. Oson bo'lmagan raqibni engib ajoyib o'yin o'tkazdik.
Klubning barcha personal hizmatchilari bilan faxrlanaman. Og'ir kunlarni boshimizdan o'tkazgan bo'lsakda, finalga etib kelishga muvaffaq bo'ldik. Bu ulkan natija. Biz endi finaldamiz.
Uchrashuvdan so'ng, futbolchilarga qarta shunday dedim: “ Bugun biz ajoyib uchrashuv o'tkazdik, biroq bu bilan to'xtab qolish kerak emas. Endi finalda ham g'alaba qozonish lozim.
Manba: Stadion.uz