So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL. «PSJ» «Leyptsig»ni tor-mor etib, finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331
Evropa chempionlar ligasining dastlabki finalchisi aniq bo'ldi. Chorak finalda "Atletiko" qarshiligini chiroyli sindira olgan «Leyptsig», bu safar «Pari Sen-Jermen» oldida ojizlik qildi. Yulian Nagelsmanning rejasi bugun ish bermadi. Aksincha, "PSJ" yulduzlarining o'yini to'qnashuv taqdirini hal qildi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Mbappening uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Braziliyalik futbolchining zarbasidan keyin to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi.
Oradan 7 daqiqa o'tib uchrashuvda hisob ochildi. Di Mariya jarimadan etkazilgan uzatmani Markinos bosh bilan darvozaga burib yubordi.
Bahsning 35-daqiqasida Neymar yana bir zarba bilan ustunni nishonga oldi. Bo'lim tugashiga 3 daqiqa qolgan "Leyptsig" darvozaboni Peter Gulachi qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Parades to'pni jarima maydoniga etkazdi va Neymar tovoni bilan shunday uzatma berdiki, Di Mariyada darvozani ishg'ol qilishdan boshqa imkoniyat qolmadi — 0:2.
Ikkinchi bo'limning 56-daqaqasida esa hisob yirik ko'rinishga keldi. Di Mariyaning chap qanotdan etkazgan to'pini Xuan Bernat darvozaga joylab qo'ydi.
Germaniyaliklar qolgan daqiqalarda hujumkor o'yin namoyish etishga harakat qilishdi. Ammo "PSJ" qarshi hujumlari xavfliroq chiqdi.
Shu tariqa, "Pari Sen-Jermen" o'z tarixida ilk marta Evropa chempionlar ligasi musobaqasi finaliga chiqdi.
Evropa chempionlar ligasi, yarim final
RB Leyptsig Germaniya – PSJ Frantsiya 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 13 Markinos, 0:2 – 42 Di Mariya, 0:3 – 56 Bernat.
RB Leyptsig – Gulachi, Anxelino, Upamekano, Mukiele, Klostermann (Orban, 82), Laymer (Xalstenberg, 62), Zabittser, Kampl (Adams, 64), Olmo (Shik, 46), Nkunku (Forsberg, 46), Poulsen.
PSJ – Riko, Bernat, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos, Paredes (Draksler, 83), Errera (Verratti, 83), Di Mariya (Sarabiya, 87), Kerer, Mbappe (Shupo-Moting, 86), Neymar.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (45), Laymer (61), Xalstenberg (79), Poulsen (79).