FIFA kengashi xalqaro o'yinlar taqvimiga o'zgartirish kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) kengashi koronavirus pandemiyasi munosabati bilan xalqaro o'yinlar taqvimiga bir qator o'zgarishlar kiritdi.
Erkaklar o'rtasidagi o'yinlar
— 2020 yilning 31 avgust - 8 sentyabr kunlaridagi FIFA kunlari 2022 yilning 24 yanvar — 1 fevral kunlariga ko'chirildi (UEFAdan tashqari barcha konfederatsiyalar uchun). Ya'ni klublar sentyabr oyidagi o'yinlar uchun o'z futbolchilarini qo'yib yuborishga majbur emas.
— Afrika millatlar kubogi 2022 yilning yanvar oyiga ko'chirildi. Musobaqaning aniq sanasiga keyinroq oydinlik kiritiladi.
— KONKAKAF Oltin kubogi-2021 turnirining yangi sanasi aniq bo'ldi. Saralash bosqichi 2021 yilning 2-6 iyul kunlari, final bosqichi esa 2021 yilning 10 iyul - 1 avgust kunlari o'tkaziladi.

Bosh sahifaga
264