Xames uchun "A" Seriya klubi ham kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Ispaniyalik yarim himoyachi David Silva "Real Sosedad" bilan shartnoma imzolagach, "Latsio" boshqa nomzodlarni qidirishni boshladi.
Football Italia nashrining yozishicha, rimliklar bor e'tiborini Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesga qaratadi.
"Latsio" Xamesga "Real"da olayotganidek yuqori maosh taklif qilishi qiyin, biroq 29 yoshli havbek madridliklar bilan shartnomasi tugashidan bir yil oldin bekor qilib, jamoani tark etmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Xamesga shuningdek, "Atletiko", PSJ va "Everton" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257