So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Superliga. "Paxtakor" "Qo'qon-1912"ni ishonchli hisobda engdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228
Superliganing 10-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” hamda "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin yakunlandi. “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tgan bahsda "sherlar" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinning 25-daqiqasida jarima zarbasi ijro etilgach, Krimets oshirgan to'pni Sergeev juda yaqin masofadan darvozaga aniq yo'lladi va hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida "shunqorlar" himoyada xatoga yo'l qo'yishdi. Jarima maydoni ichida to'pni egallagan Igor bir himoyachidan o'tib, darvozaning uzoq burchagini erlatib aniq nishonga oldi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo'limni “Paxtakor” futbolchilari faol tarzda boshlashdi. O'yinning 67-daqiqasida hisob yiriklashdi. Tezkor qarshi hujumda Masharipov bilan chiroyli hujum tashkil qilgan Abror Ismoilovga uzatdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi esa yaqin masofadan to'pni darvozaga aniq yo'lladi.
Uchrashuvning 81-daqiqasida "Qo'qon-1912" hisobni qisqartirdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ijrosidagi kombnatsiyasidan keyin Abduhamidov raqib posbonini ojiz qoldirdi.
Superliga, 10-tur
“Qo'qon-1912” – “Paxtakor” – 1:3 (0:2)
Gollar: Hamidullo Abduhamidov (81). -Igor Sergeev (25, 43), Abror Ismoilov (67).
“Qo'qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullaev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov (19. Hamidullo Abduhamidov – 73), 9. Suhrob Berdiev (22. Muhammadanas Hasanov – 72), 13. Sardor Azimov (37. Muhsin Normatov – 80), 14. Avaz Mamatxo'jaev, 15. Oybek Rustamov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 69. Filip Rayevats (99. Bek Abdullaev – 80), 91. Yakuba Bamba.
Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 96. Islom Abdullaev, 39. Sardor Etovqo'ziev.
"Paxtakor": 25. Eldor Suyunov, 3. Xojiakbar Alijonov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 11. Igor Sergeev (77. Eren Derdiyok – 75), 15. Egor Krimets (5. Anzur Ismoilov - 62), 17. Doston Hamdamov, 20. Odil Hamrobekov (7. Sadriddin Abdullaev – 71), 27. Sardor Sobirxo'jaev (21. Abror Ismoilov – 62), 29. Vladimir Kozak, 34. Farrux Sayfiev 23. Sherzod A'zamov – 62).
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Akram Komilov, 8. Asad Sobirjonov, 99. Javohir Sidiqov.
Manba: www.stadion.uz.