«Barselona» Abidalni iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306

40 yoshli Erik Abidal «Barselona» sport direktori lavozimini tark etdi. Tomonlar o'zaro kelishuvga muvofiq shartnomani bekor qilishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» dushanba kuni bosh murabbiy Kike Setenni iste'foga chiqargan edi.
Abidal futbolchilik faoliyati davomida «Monako», «Lill», «Lion», «Olimpiakos» va «Barselona» klublari sharafini himoya qilgan. U 2007-2013 yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. U 2018 yilda jamoaga sport direktori sifatida qaytgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230