Rasman: Xart "Tottenxem" bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 322

Londonning "Tottenxem" klubi Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Jo Xart bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "shporlar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, londonliklar darvozabon bilan 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Xart "Tottenxem" safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2019/20 yilgi mavsumni "Byornli"da o'tkazdi. O'tgan mavsumda darvozabon 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligi saqlab qolgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231