"Arsenal" himoyachisi Frantsiyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi David Luiz shu yilning yozgi transfer bozorida Frantsiyaning "Renn" klubiga ko'chib o'tishi mumkin.
RMC Sport portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "kanonirlar" o'zining 33 yoshli braziliyalik futbolchisini sotib yuborishga tayyor.
Braziliyalik futbolchining o'zi ham "Renn" klubiga o'tishga qarshi emas. Chunki, "Renn" "Arsenal"dan farqli o'laroq, keyingi mavsumda EChLda ishtirok etadi.
Luizning transfer bozoridagi bahosi 8 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216