Davron Fayzievdan anons: «Muvaffaqiyat uchun 11 yil»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289

2009 yilning 19 may kuni "Leyptsig" klubiga asos solindi. Mutlaqo noldan. Albatta, katta mablag' investitsiya qilindi. Bu borada Red Bull kompaniyasi va uning rahbari Ditrix Mateshits katta tajribaga ega. Avval u bir necha klubni sotib olib, qisqa muddat ichida o'z chempionatida titullar uchun kurashadigan darajaga olib chiqdi. Shuningdek, Formula-1 poygalarida ham aynan u Red Bull jamoasini chempion qildi. "Leyptsig" ham shu yo'lni bosib o'tmoqda.
2013 yilga kelib "Leyptsig" 3-ligaga chiqdi. 2014 yilda 2-Bundesliga yo'llanmasiga ega bo'ldi. 2016 yilda esa Bundesligada ishtirokini boshladi. Ana shunda klubga super talant murabbiy Yulian Nagelsman "Xoffenxaym"dan taklif etildi.
Birinchi mavsumning o'zida Bundesligada 2-o'rin va Chempionlar ligasi yo'llanmasi qo'lga kiritildi. 2019 yilda "Leyptsig" Germaniya kubogi finaliga chiqdi va "Bavariya"ga yutqazib qo'ydi.
2020 yil. 11 yil ichida. "Leyptsig". Chempionlar ligasi. YaRIM FINALIDA. Vau. Ditrix Mateshits chin ma'noda sport menejmenti daholaridan.
Bugun bo'lib o'tadigan yarim finalda "Leyptsig"ga qarshi Mbappe, Neymar, Di Mariya, Navas, Silva kabi super yulduzlardan iborat "PSJ" maydonga tushadi. Eng qizig'i, bu qarama-qarshilikda "PSJ" yaqqol favorit emas. O'ylaymanki, endi bu muvaffaqiyatini ham "Lester"da bo'lgani kabi “"Leyptsig" ertagi” deb atasa bo'ladi.
Ko'raylikchi, bugun ertak baxtli yakun topadimi yoki "PSJ" millionlari nihoyat ish beradimi. Birgalikda tomosha qilamiz.
23:50 UZREPORT-TV Live
EChL 1/2 final. "Leyptsig" - "PSJ"
Davron Fayziev.
Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Bosh sahifaga
217