«Bayer» «Chelsi»ga Xavertsning so'nggi narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 648

Germaniyaning «Bayer» klubi rahbariyati «Chelsi» jamoasiga o'z futbolchisi Kay Xavertsni 100 million evro evaziga qo'yib yuborishini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, «Bayer» rahbariyati londonliklarga futbolchining transferini yakuniy narxi shu ekanligini, undan kamiga sotish niyatida emasligini ma'lum qilgan. «Chelsi» Xavertsni sotib olish uchun 100 milliondan voz kechadi yoki umuman bu haqda unutadi.
2019/2020 yilgi mavsumda Xaverts 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 12 ta gol urish bilan bir qatorda, 6 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231