Romelu Lukaku Evropa ligasi rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku Evropa ligasi rekordchisiga aylandi.
Belgiyalik forvard Evropa ligasining ketma-ket 10ta uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lukaku "Inter" safida Evropa ligasi doirasida 5ta o'yinda 6ta gol urdi. Avvalroq futbolchi turnirning 1/16 final bosqichida bo'lib o'tgan «Ludogorets»ga qarshi har ikkala o'yinda (2:1, 2:0), keyin esa «Xetafe»ga qarshi nimchorak final bahsida (2:0), chorak finalda esa «Bayer»ga qarshi uchrashuvda (2:1) ham gol urgan edi.
"Inter" joriy mavsumni Chempionlar ligasida boshlab, guruhda 3-o'rinni egallagani uchun o'z ishtirokini Evropa ligasida davom ettirmoqda.
Lukaku so'nggi marta 2014/2015 yilgi mavsumda «Everton» safida Evropa ligasida ishtirok etganida, guruh bosqichining 5-turidan boshlab, chorak final bosqichi uchrashuvlariga qadar ketma-ket 5ta o'yinda 8ta gol urgan edi.
27 yoshli Lukaku joriy mavsumda "Inter" safida barcha musobaqalar doirasida 50ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Uning "neradzurri" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
222