So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Muxlislar APLning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308
«Liverpul» hujumchisi Sadio Mane muxlislar versiyasiga ko'ra Angliya premer-ligasining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Professional futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ushbu sovrin uchun Virjil van Deyk, Trent Aleksander-Arnold (ikkisi — «Liverpul»), Jeymi Vardi («Lester»), Rahim Sterling va Kevin De Breyne (ikkisi — «Manchester Siti») kabi futbolchilar ham da'vogarlik qilishgan edi.
Mane APLning 2019/2020 yilgi mavsumida 18ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi. U «Liverpul» tarkibida Angliya chempionligini qo'lga kiritdi.
Professional futbol assotsiatsiyasi versiyasiga ko'ra APLning eng yaxshi futbolchisi sifatida Kevin De Breyne tan olingan edi.