«PSJ» posboni EChL yarim finalini o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 343

«PSJ» darvozaboni Keylor Navas Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichida bo'lib o'tadigan "RB Leyptsig"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Kosta-rikalik posbon chorak final doirasida bo'lib o'tgan "Atalanta"ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. U bahsning 79-daqiqasida mushagida og'riq his qilib, maydonni tark etgan edi.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" - "RB Leyptsig" uchrashuvi 18 avgust kuni Lissabondagi "Da Lush" o'yingohida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318