So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“Qo'qon-1912”- “Paxtakor”: o'zaro o'yinlar tarixidan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 396
51Superligasi 10-tur doirasidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvi 18 avgust kuni Toshkent shahridagi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi statistik ma'lumotlari bilan tanishtirib o'tamiz.
O'zaro o'yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 28 marta to'qnash kelishgan.
O'yinlarning 5 tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 16 ta bahsda “Sherlar”ning qo'li baland kelgan. Ettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To'plar nisbati – 74-39, “Paxtakor” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Qo'qon-1912” 22 ochkoni qo'lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 55 tani tashkil etadi.
Ushbu jamoalarning so'nggi oltita uchrashuvi
26.07.2019 Paxtakor - Qo'qon 1912 - 3:1
29.06.2019 «Qo'qon-1912» - «Paxtakor» 1:2
12.08.2018 «Qo'qon-1912» - «Paxtakor» 1:1
06.05.2018. Paxtakor - Qo'qon 1912 - 1:1
14.10.2017. Paxtakor - Qo'qon 1912 - 2:0
06.05.2017 «Qo'qon-1912» - «Paxtakor» 1:1
Hakamlar
17-19 avgust kunlari Coca Cola Superligasida 10-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Tur doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvini Shavkat Nasibullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.
Superliga.
10-tur
QO'QON-1912 – PAXTAKOR
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Husan Muzaffarov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Zohirjon Akramxonov.
Boshlanish vaqtlari
“Qo'qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvi, seshanba kuni Toshkent shahridagi “Lokomotiv” o'yingohda soat 19:00 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari U-21 birinchiligi 14-turida maydonga tushishadi.