So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xayrulla Hamidovdan anons: Jang boshlandi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 442
“Manchester Yunayted” va “Sevilya”... Jamoalarni bog'lab turgan ko'pgina jihatlar bor. Yangi murabbiylari yangi jamoa tuzib borishmoqda. 2018 yilgi “Old Trafford”dagi bahsda ishtirok etganlar kam qoldi ikkisida. Bu mavsum ikkisi yana EChLga qaytdi va bu ishni aynan restartdan keyin boshlagan zo'r o'yinlari evaziga.
Ole Gunnar Sulsher yigitlari yanvardan buyon mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirayotgan bo'lishsa, Lopetegi shogirdlarida 19 o'yinlik shunday natija bor.
Oldingi o'yinlarda ham ispan va ingliz jamoalari bir xil suratda qiynalishdi. “Sevilya” so'nggi daqiqalard “Vulvz”ni er tishlatgan bo'lsa, “qizil iblislar” uchun qo'shimcha bo'lim kerak bo'ldi va penalti. Ya'nikim, yarim finalga jamoalar bir xil holatda etib kelishgan.
“Sevilya” Evropa ligasini suyguvchi klub hisoblanadi, bilasiz. Yarim finalga chiqqan yillari kubokni ko'tarib ketishga o'rgangan. Ammo MYu ham bu bosqichgacha keldimi, raqiblari sho'rini quritadi. EChLda sensatsiyalar to'lib toshgan bir paytda, ELda qay bir klub yutsa ham sensatsiya deb qaralmaydi. Ikkisining kuchi, imkoniyati va holati tengligidan kelib chiqib aytyapman. Finalda MYu-Interni ko'rishga bo'lgan ishtiyoqimiz esa, ispanlarga qiziq emas. Ular bugun nomdor raqibiga qarshi mardonavor o'yin ko'rsatishadi. Ishonib qolamiz va birgalikda 23:55dan boshlab kuzatamiz.
Manba: Xayrulla Hamidov telegram kanali