«Lion» prezidenti: «Futbolchilarimiz Frantsiyadagi adolatsizlikka qarshi birlasha oldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285

Frantsiyaning «Lion» klubi prezidenti Jan-Mishel Olas «Manchester Siti» klubi ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba keyin, Frantsiya futboli rahbariyatini "engil troll" qilishga qaror qildi. Liga 1 – koronavirus pandemiyasi tufayli muddatdan oldin yakunlangan yagona chempionat. «Lion» musobaqani ettinchi o'rin bilan yakunladi va kelasi yilgi EChL musobaqasida ishtirok eta olmaydi, agar joriy mavsum EChL finalida g'olib chiqmasa.
«Ajoyib natija. Qiyinchilikni qanday qilib engib o'tishni biladigan ajoyib jamoamiz bor. «Yuventus» va «Manchester Siti»larni ortda qoldirishimiz – fantastika.
Bizni ettinchi o'rinni egallashga majbur qilgan adolatsizlikka qarshi kurasha oldik. Rudi Garsiya, Junino va ajoyib futbolchilarimiz uchun katta yutuq. Yil biz uchun juda yomon bo'ldi, shuning uchun murabbiyni almashtirgandi. Jarohat sababli ham bir qator qiyinchiliklarga duch kelgandi», – deda "Lion" rahbari.

Bosh sahifaga
170