Shahram G'iyosov o'ninchi jangda nokaut bilan g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 509

Professional boksning o'rta engil toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Shahram G'iyosov faoliyatidagi o'zining 10-jangini o'tkazdi.
Hamyurtimiz bugun Nikaragua vakili Uiston Kamposga qarshi ringga ko'tarildi. G'iyosov jang boshidanoq raqibiga bosim o'tkazib, uni himoyalanishga majbur etdi. Raunddan raundga Shahramning zarbalari soni va aniqligi oshib bordi. Uchinchi raundning so'nggi soniyalarida o'zbekistonlik bokschi tomonidan Kamposning qorin qismiga berilgan zarba natijasida raqib ringga yiqildi va o'rnidan turmadi.
Shu tariqa, Shahram G'iyosov faoliyatidagi 10-g'alabani qo'lga kiritdi. Nokautlari soni esa 8taga etdi.
Shakhram Giyasov improves to 10-0 ???????????? pic.twitter.com/AQs7CoEAs2
— DAZN USA (@DAZN_USA) August 16, 2020 Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249