Rossiyalik futbol sharxlovchisi: "Bunday o'yindan keyin Messi "Barselona"ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300

Mashhur futbol sharhlovchisi Konstantin Genich hujumchi Lionel Messining Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga qarshi yirik mag'lubiyatdan so'ng "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
- Futbol endi meni hayratlantira olmaydi deb o'ylagandim. Ammo bugun haqiqatan ham hayratlanarli oqshom bo'ldi. Rostini aytganda, men biroz shokdaman. "Bavariya" ajoyib jamoa.
- Menda bunday o'yindan keyin Messi o'zini yo'qotib, "Barsa"ni tark etadi degan shubha bor. "Bavariya" kuchliroq ekanligini bilardim. Ammo men bunday natijani qo'rqinchli tushda ham tasavvur qila olmasdim, - deb yozdi Genich tvitter sahifasida.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210