Taniqli jurnalist tasdiqladi. Ronaldu "Barselona"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kataloniyaning "Barselona" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Gillem Balage ma'lum qildi.
"Yuventus" Ronalduning maoshidan xalos bo'lishni istamoqda, hammasi juda chigal. Ronalduni hammaga, shu jumladan "Barselona"ga ham taklif qilishdi - deb aytib o'tdi Balage.
O'z navbatida frantsiyalik jurnalist Jyulen Loren Ronaldoning agenti Xorxe Mendesh hozir Lissabonda ekanligini tasdiqladi. Eslatib o'tamiz, ushbu shaharda Chempionlar Ligasi o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Mendesh ushbu shaharda bo'lib turgan top-klublar vakillari bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Ular orasida - chorak finalda "Bavariya"ga mag'lub bo'lgan "Barselona" ham bor.
Manba: Espn.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264