«Bavariya» joriy mavsumda 150dan ortiq gol urib, klub rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422

2019/20 yilgi mavsum «Bavariya» tarixiga kiradigan bo'ldi. Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 155ta gol urdi.
"Gracenote Live" tvitter sahifa tarqatgan xabarga ko'ra, myunxenliklar uchun bu yangi rekord hisoblanadi. Klubning avvalgi rekordi mavsum-1972/73da qayd etilgan bo'lib, «Bavariya» o'shanda 152ta to'p kiritgan edi.
«Bavariya» Chempionlar ligasining yarim finalida «Manchester Siti» — «Lion» juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267