«Qizilqum» o'rtoqlik uchrashuvida «Qo'qon-1912»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202

Toshkentdagi "To'qimachi" stadionida "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu uchrashuv superliganing 10-tur uchrashuvlaridan oldin har ikki jamoa futbolchilariga o'yin amaliyoti vazifasini o'tab berdi.
Uchrashuv kutilganidek, shiddatli hujumlari bilan boshlandi. 28-daqiqada Suhrob Berdievga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilandi. Ammo Suhrob Berdiev penaltini aniq amalga oshira olmadi. Navoiyliklar darvozasini qo'riqlagan Ignatiy Nesterov mahorat ko'rsatib zarbani bartaraf etdi.
40-daqiqada "Qizilqum" vakillari qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo'lishgan edi. Oybek Rustamov juda yaxshi o'ynab, xavfni bartaraf qildi. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Oybek Qilichev darvozamizni ishg'ol qildi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo'limda ham jamoalarda bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Qo'qonliklar bosh murabbiyi tarkibdagi barcha futbolchilarga maydonda to'p surish imkonini berdi. Bugun yoshlar jamoamiz futbolchisi Muhsin Normatov ilk marta asosiy jamoa tarkibida maydonga tushdi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida Qadamboy Nurmetov darvozamizga 2-golini kiritdi va bu hisob o'yin so'nggiga qadar o'zgarishsiz qoldi. Shu tariqa, "Qizilqum" nazorat uchrashuvida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi.
O'rtoqlik uchrashuvi
"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" – 0:2 (0:1)
Gollar: Oybek Qilichev (45), Qadamboy Nurmetov (70)
“Qo'qon-1912” boshlang'ich tarkibi: 21. Muzaffar Abdullaev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 9. Suhrob Berdiev, 10. Quvondiq Ro'ziev, 13. Sardorbek Azimov, 14. Avazxon Mamatxo'jaev, 15. Oybek Rustamov, 17. Muzaffar Muzaffarov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich.

Bosh sahifaga
233