"Liverpul" "Bavariya" bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 364

"Liverpul" "Bavariya" yarimhimoyachisi Tiago Alkantara transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi, deya xabar beradi Bild nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, klub vakillari "Bavariya" sport direktori Hasan Salixamidjich bilan uchrashuv o'tkazishdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha Myunxen klubi 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kamida 30 million evro ishlab olmoqchi. Uning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" yarimhimoyachi uchun buncha pul to'lashga tayyor emas va narxni tushirishga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2019/20 yilgi mavsumda Tiago "Bavariya" safida 37 o'yinda maydonga tushib, 3 gol va 2 gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: BildFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312