"Inter" "Dinamo" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250
15.jpg)
Kievning "Dinamo" himoyachisi Vitaliy Mikolenko faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning so'zlariga ko'ra, 21 yoshli ukrainalik futbolchi "Inter" va "Roma" jamoalari qiziqishi doirasiga tushib qolgan, ammo Milan klubining asosiy maqsadi "Chelsi" himoyachisi Emerson bo'lib qolmoqda.
Ma'lumot uchun, Mikolenko chap qanot himoyasida harakat qiladi.
Avvalroq, "Napoli" ham himoyachiga qiziqish bildirgan edi, ammo "Dinamo" italiyaliklardan futbolchi uchun 35 million evro talab qilgan, shundan so'ng esa muzokaralar to'xtab qolgan edi.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda futbolchi Ukraina chempionatida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta gollik uzatma amalga oshirdi
Manba: Corriere dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194