«Lokomotiv» o'rtoqlik o'yinida «Rubin»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

Superliganing navbatdagi turiga tayyorgarlik ko'rayotgan «Lokomotiv» bugun birinchi liga vakili «Rubin»ga qarshi nazorat bahsi o'tkazdi. TTYMI stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda «temiryo'lchilar» 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Diyor Turopov, Toxir Rafaelov hamda Dilshod Komilov tomonidan kiritilgan gollar jamoamizga g'alaba keltirdi. «Loko»ning navbatdagi uchrashuvi rasmiy maqomda bo'ladi. 17 avgust, dushanba kuni «Lokomotiv» Superliga 10-turida AGMKga qarshi bahs olib boradi. «Bunyodkor» stadionida bo'lib o'tadigan bellashuv soat 19:00da boshlanadi.
O'rtoqlik uchrashuvi. 13.08.2020
«Lokomotiv» - «Rubin» 3:1
«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiev, Farrux Ibrohimov, Slavko Damyanovich, Sherzod Fayziev, Vadim Afonin, Davron Umirov, Avazbek O'lmasaliev, Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Kirill Pogrebnyak.
Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartojiev, Diyor Turopov, Javohir Alijonov, Ibrohim G'anixonov, Dilshod Komilov, Shahzod Shaymanov, Kaxi Maxaradze, Jaloliddin Jumaboev, Asadbek Ergashev, Tohir Rafaelov.

Bosh sahifaga
265