EChL. «RB Leyptsig» «Atletiko»ni musobaqadan chiqarib yubordi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

Lissabonda Evropa chempionlar ligasining "sakkiz finalchi" deb nomlangan mini-turniri davom etmoqda. Bugun bo'lib o'tgan chorak finalning ikkinchi uchrashuvida kutilmagan natija qayd etildi.
Nimchorak finalda "Liverpul" ustidan g'alaba qozongan "Atletiko" klubi, Germaniya chempionatining joriy mavsumida 3-o'rinni egallagan "Leyptsig"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Birinchi bo'limda jamoalar faol harakat qilishganiga qaramay, tanaffusga qadar hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa germaniyaliklarning kombinatsiyasi samarali chiqdi: o'ng qanotdan etkazilgan uzatmani Olmo bosh bilan darvozaga burib yubordi.
Diego Simeone maydonga Joau Feliksni tashladi. Yarim himoyachi 70-daqiqada penalti ishladi va uning o'zi 11 metrli jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi.
Bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida Tayler Adams jarima maydoni ostonasidan zarba berdi. To'p esa yo'l-yo'lakay "Atletiko" himoyachisiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi va to'rga borib tushdi.
Shu tariqa, 33 yoshli Nagelsman shogirdlari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. "Leyptsig" final yo'llanmasi uchun "PSJ"ga qarshi maydonga chiqadi.
Evropa chempionlar ligasi, chorak final
RB Leyptsig Germaniya – Atletiko Ispaniya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 50 Olmo, 1:1 – 71, penalti Joau Feliks, 2:1 – 88 Adams.
RB Leyptsig – Gulachi, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Anxelino, Kampl, Zabittser (Mukiele, 90), Nkunku (Aydara, 83), Laymer (Adams, 72), Olmo (Shik, 83), Poulsen.
Atletiko – Oblak, Lodi, Ximenes, Tripper, Savich, Errera (Joau Feliks, 58), Koke (Felipe, 90), Saul, Ferreyra Karrasko, Lorente, Diego Kosta (Morata, 72).
Ogohlantirishlar: Lodi (62), Klostermann (70), Kampl (82), Aydara (87), Ximenes (90).

Bosh sahifaga
213