So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sulsher: “Bu etarli emas”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 454
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi One Gunnar Sulsher Evropa Ligasi yarim final o'yini oldidan o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashib o'tdi. Ispaniyaning “Sevilya” jamoasiga qarshi uchrashuvda “qizil iblislar” ustozi shogirdlari ikki hissa kuch bilan harakat qilishiga ishonchi komil ekanligini yashirib o'tirmadi.
“Biz bu mavsumda ikkita yarim finalda to'p tepdik, va omadsizlikka uchradik. O'ylashimcha, yarim finallar borasida etarlicha natija qayd etdik. Endi, bor e'tiborimizni sovrinlarga qaratishimiz kerak. Yarim finalga chiqish ajoyib natija, ammo “Manchester Yunayted” uchun etarli emas.
Jamoa endi to'liq shakillandi va g'alabalarga juda o'ch. Eng muhimi esa, ikkita yarim finaldagi alamli mag'lubiyatlar bizni “Sevilya”ga qarshi o'yin oldidan ruhlantirishi kerak. Shu sababli, musobaqadagi boshqa jamoalardan ham ko'ra ko'proq biz chempion bo'lishni istashimiz darkor. Ikkita kubok bahsini kuchli to'rtlikda yakunlaganimiz etarli. Endi oldinga qadam tashlashimiz kerak.
Futbol juda qiziq sport turi. Agar, mag'lubiyatga uchrasang, juda alamli hisni tuyushga majbur bo'lasan. Buni engib o'tgach, ushbu hisni yurakdan tuymaslik uchun keyingi o'yinlarda ko'proq harakat qilish lozimligini anglab etasan. Umid qilaman-ki, shogirdlarim mavsum so'nggiga qadar boshqa bu hisni tuyushlariga xojat qolmaydi. Shu sababli, “Sevilya”ga qarshi o'yinda siz g'alabaga chanqoq, hujumkor “Manchester Yunayted”ni maydonda ko'rasiz!”
Manba: Stadion.uz