Yangi mavsumda Angliya kubogida takroriy o'yin bo'lmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) 2020/21 yilgi mavsumda Angliya kubogi formatida o'zgarish yuz berganini e'lon qildi.
Demak, yangi mavsumda Kubok bahsida durang natija qayd etilsa, takroriy o'yin o'tkazilmaydi. Durang qayd etilgan taqdirda qo'shimcha bo'limlar va zarur bo'lganda penaltilar seriyasi belgilanadi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida taqvim zich bo'lgani uchun FA shunday qarorga keldi.
Angliya kubogi 1 sentyabr kuni start oladi. Final esa 2021 yilning 15 may kuni «Uembli» stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232