O'zil "Arsenal"da qolishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434

Yarim himoyachi Mesut O'zil "Arsenal"dan ketish haqida o'ylamayapti. Bu haqida futbolchining o'zi aytib o'tdi.
"Men "Arsenal"da shartnomamning so'nggi kuniga qadar qolaman. Bu mening pozitsiyam. Bor kuchimni berishga va klubga foyda keltirishga tayyorman. Men oldingi darajaga qaytishim mumkinligini bir necha bor isbotladim va buni yana bajarmoqchiman.
Qachon ketishimni aynan men hal qilaman boshqalar emas. Mening shartnomam yana bir mavsum uchun amal qiladi va hamma bu faktni hurmat qilishi kerak. Men "Arsenal"ni va Londonni yaxshi ko'raman.
Men taslim bo'lmayman va eng yaxshi jihatlarimni ko'rsatishga intilaman. Hozir yaxshi holatdaman va jamoaga foydam tegishi mumkinligini bilaman », - dedi O'zil.
Manba: Sky SportsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228