PSJ xo'jayini: "Neymar ham, Mbappe ham hech qaerga ketmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Frantsiyaning PSJ klubi rahbari Nosir Al-Xelaifi Italiyaning "Atalanta" klubi bilan uchrashuvdan keyin intervyu berdi. Ma'lumot uchun, mazkur to'qnashuvda PSJ o'yin oxirida ikkita gol urib, UEFA Chempionlar ligasining yarim finaliga yo'l oldi.
“Bu ajoyib kecha, futbolchilar 200 foiz kuch bilan harakat qilishdi, men ular bilan faxrlanaman. Hamma PSJ ushbu uchrashuvga kerakli darajada tayyor emasligini aytdi, ammo biz ajoyib ruhiyatni namoyish etdik. Bizga bu g'alaba juda zarur edi.
Neymar va Mbappe — sayyoradagi eng yaxshi futbolchilar. Neymar o'zini ajoyib tarzda ko'rsatdi. U jamoaga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. U o'ziga xos. Neymar ham, Mbappe ham "PSJ"da qoladi, ular yaqin kelajakda hech qaerga ketmaydilar", dedi Al-Xelaifi.
Manba: football24.ru
Bosh sahifaga
219