EChL. 90 va 90+3-daqiqalardagi gollar «PSJ»ni yarim finalga olib chiqdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o'rin olgan dastlabki o'yin yakuniga etdi. «PSJ» va «Atalanta» klublari o'rtasidagi o'yinda yaqqol peshqadamni ko'rsatish qiyin edi. Uchrashuv mana shu qarash to'g'ri ekanini ko'rsatib berdi.
Butun bahs davomida jamoalar tengma-teng o'yin namoyish etib berishdi. Birinchi bo'limda Neymar gol urish uchun 3ta imkoniyatga ega bo'ldi, ammo braziliyalik futbolchi so'nggi zarbani berishda aniq harakat qila olmadi. Aksincha, 26-daqiqada italiyaliklarning hujumini Mario Pashalich samarali yakunlab, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'limning 60-daqiqada Kilian Mbappe maydonga tushirilgach, parijliklar o'yinida o'zgarish yuz bera boshladi. Shunga qaramay, o'yin "Atalanta"ning g'alabasi bilan yakunlanadigandek ko'rina boshladi. Ammo aynan 90-daqiqada jarima maydoniga uzatilgan to'pni Neymar qabul qildi va darvoza oldidagi Markinosga uzatdi. Braziliyalik futbolchi yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.
Qo'shib berilgan daqiqalarda esa Neymar-Mbappe-Shupo-Moting kombinatsiyasidan keyin "PSJ" g'alaba to'pini kiritdi.
Shu tariqa, "Pari Sen-Jermen" so'nggi daqiqalarda 2ta gol urib, kambekni amalga oshirdi hamda yarim finalga yo'l oldi.
Evropa chempionlar ligasi, chorak final
Atalanta Italiya – PSJ Frantsiya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 26 Pashalich, 1:1 – 90 Markinos, 1:2 – 90 Shupo-Moting.
Atalanta – Sportello, Gozens (Kastan, 82), Toloi, Kaldara, Xatebur, Gomes (Malinovskiy, 59), de Ron, Pashalich (Muriel, 70), Froyler, Gimshiti (Palomino, 60), Sapata (Da Riva, 82).
PSJ – Navas (Riko, 79), Kerer, Markinos, Tiago Silva, Bernat, Guye (Paredes, 72), Errera (Draksler, 72), Sarabiya (Mbappe, 60), Kimpembe, Neymar, Ikardi (Shupo-Moting, 79).
Ogohlantirishlar: Gimshiti (37), Froyler (45), de Ron (50), Sapata (53), Bernat (54), Errera (57), Toloi (67), Paredes (75), Palomino (85).

Bosh sahifaga
223