Davron Fayziev: "Neymar – eng ko'p talantning eng kam qadriga etgan inson"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 536

EChL chorak final bosqichidan o'rin olgan "Atalanta" hamda "PSJ" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tmoqda (0:0, birinchi bo'lim).
O'yinning dastlabki daqiqalarida PSJ hujumchisi Neymarda gol urish uchun qulay imkoniyat bo'lgandi, biroq futbolchi foydalana olmadi. Taniqli sharhloavchi Davron Fayziev telegramdagi kanalida ushbu vaziyat uchun quyidagi izoh berdi.
"Markazdan shamoldek uchib yorib kirishi, himoyachilarning unga qarshi hech narsa qilolmasligi bizga haqiqiy Neymarni eslatdi. Eng muhim pallada hammasini qo'ldan chiqarishi ham bizga uning o'zini eslatdi. Butun faoliyati shunday. Eng ko'p talantning eng kam qadriga etgan inson. Hali ham kechmas", -deya yozib qoldirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225