Matteys de Ligt operatsiya qilindi. Futbolchi uch oy maydonga tusha olmaydi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528

«Yuventus» himoyachisi Matteys de Ligtning elkasida o'tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.
De Ligt 2019 yilning noyabr oyidan buyon elkasidagi og'riqdan aziyat chekib kelardi. Operatsiya Rimda o'tkazilgan. Dastlabki taxminlarga ko'ra, futbolchi uch oy maydonga tusha olmaydi.
Operatsiya o'tkazilgan 12 avgust kuni niderlandiyalik iqtidor egasi 21 yoshini nishonladi.
Markaziy himoyachi joriy mavsum A Seriya 29 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi. Turinliklar niderlandiyalik futbolchini 2019 yilning yozida 75 million evro (yana 10 million bonus) evaziga «Ayaks»dan sotib olgandi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209