So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Lixtshtayner futbolchilik faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281
36 yoshli shveytsariyalik himoyachi Shtefan Lixtshtayner futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
«Bir necha hafta o'ylab ko'rganimdan keyin men o'yinchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Ushbu video orqali men barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz birgalikda bosib o'tgan yo'ldan faxrlanaman. «Grassxopper»dan boshlab, «Lill», «Latsio», «Yuventus», «Arsenal»da davom ettirib, «Augsburg»da yakunlanguncha. Va, albatta, terma jamoada o'tkazgan yillarim uchun. Barchaga katta rahmat. Barchangizni sevaman. Xayr!» — dedi Lixtshtayner instagram orqali e'lon qilingan videomurojaatda.
Lixtshtayner faoliyatining aksariyat qismini «Yuventus»da o'tkazgan. U Shveytsariya terma jamoasi safida 108ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi.