So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Qo'qon-1912»ni ikki nafar futbolchi tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 376
Ayni kunlarda yurtimiz futbolida transfer oynasi ochilgan. Superliga klublarining tarkiblarida o'zgarishlar kuzatilmoqda.
“Qo'qon-1912” jamoasiga darvozabon Islom Abdullaev qaytgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek hujumchi Otabek Haydarov Yaypanning “Turon” jamoasiga o'tganidan ham muxlislarimizning xabarlari bor.
Bugun “shunqorlar” tarkibini yana ikki nafar futbolchi tark etdi. Mavsum boshida jamoa safiga kelib qo'shilgan iqtidorli yarim himoyachi Suhrob Nurulloevning xizmatlariga Samarqandning “Dinamo” jamoasi jiddiy qiziqish bildirganligi sababli futbolchi mavsumning qolgan qismini samarqandliklar tarkibida davom ettiradigan bo'ldi.
Shuningdek, Farg'onaning “Neftchi” jamoasidan ijaraga olingan yosh himoyachi Shodiyor Hojimatov yana “Neftchi” tarkibiga borib qo'shiladigan bo'ldi.