"Andijon" o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 482

O'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondik
Chempionat restartiga tayyorgarlikni Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida o'tkazayotgan "Andijon" jamoasi kecha Jizzaxning "Zomin" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'lgan uchrashuvda "Andijon" jamoasi 7:2 hisobida g'alaba qozondi.
Kiritilgan to'plarga Doniyor Abdumannopov, Jamshid Hasanov, Shahboz Jumaboev, Baxtiyor Qosimov, Azamat Isroilov, Abdulloh Olimov va Emmanuel Arivachukvular mualliflik qilishdi.
Eslatib o'tamiz, jamoamiz Superliganing 10-turini 18 avgust kuni Muborakning "Mash'al" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Jahongir Abdumo'minov va Islombek Abdullaev jamoadan ketdi
Mamlakatimizda yozgi transfer oynasi ochilgan kuni "Qo'qon-1912" jamoasidan ijaraga olingan darvozabon Islombek Abdullaev sobiq jamoasiga qaytib ketdi.
Shuningdek, jamoamiz yarim himoyachisi Jahongir Abdumo'minov bilan ikki tomonlama shartnoma bekor qilinib, Abdumo'minovga javob berib yuborildi.
Jamoamiz tarkibda yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda
Avval xabar berib o'tganimizdek, Yangier shahrida chempionat startiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" jamoasi yozgi transfer bozori ochilganidan keyin bir qator futbolchilarni ko'rikdan o'tkazmoqda.
Namangan "Navbahor" jamoasi yarim himoyachisi Komil Tojiddinov va hujumchi Husayn Ergashboev ayni paytda jamoamiz ko'rigidan bo'lib turishibdi.
Bu ikki futbolchi ham kecha "Zomin" jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvda maydonga tushishdi.

Bosh sahifaga
245