Evropa ligasi. «Sevilya» so'nggi daqiqalarda g'alaba to'pini kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

Evropa ligasi musobaqasida yarim finalga chiqqan barcha jamoalar nomi aniq bo'ldi. Duysburg shahrida bo'lib o'tgan «Vulverxempton» va «Sevilya» jamoalari o'rtasidagi o'yin taqdiri so'nggi daqiqalarda hal bo'ldi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida angliyaliklar faol harakat qilib, 12-daqiqada penalti ishlashdi. Raul Ximenes tomonidan yo'llangan zarbani andalusiyaliklar darvozaboni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Shundan so'ng to'p nazorati "Sevilya" tomoniga o'tdi. Ularning urinishlari bahs so'ngida samara keltirdi. 88-daqiqada Okampos "Vulvz" darvozasini ishg'ol etib, ispaniyaliklar yarim finalga olib chiqdi.
Final yo'llanmasi uchun "Manchester Yunayted" va "Sevilya" jamoalari o'rtasida o'yin kutib turibdi.
Evropa ligasi, chorak final
Vulverxempton Angliya – Sevilya Ispaniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 88 Okampos.
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Ruben Vinagre, Boli, Koudi, Doerti, Moutinyu (Netu, 71), Saiss, Ruben Nevesh, Dendonker, Traore (Diogu Jota, 79), Ximenes.
Sevilya – Bunu, Navas, Regilon, Kunde, Diego Karlos, Jordan (Vaskes, 85), Banega, Suso (Munir, 89), Fernando, Okampos, En-Nesiri (de Yong, 85).
Ogohlantirishlar: Diego Karlos (11), Saiss (49), Ruben Nevesh (90).

Bosh sahifaga
265