«Chelsi» «Milan»ga o'z futbolchisini qanchaga sotmoqchi ekanligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

Londonning «Chelsi» klubi o'z yarim himoyachisi Temue Bakayoko bilan xayrlashishga tayyor. Bakayokoga Italiyaning «Milan» klubi asosiy davogar bo'lib turibdi.
Angliya matbuotining yozishicha, «Chelsi» Bakayokoni 20 million funtga sotishga tayyor. Futbolchining o'zi sal avvalroq «rossonerlar» tarkibida yana o'ynash umidida ekanligini ma'lum qilgandi. U hatto maoshining ikki barobar kamayishiga ham rozi.
Bakayoko o'tgan mavsumni Frantsiyaning «Monako» klubi tarkibida ijara asosida o'tkazgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184