So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
De Ligt jarrohlik stoliga yotadi va uzoq vaqtga safdan chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 818
"Yuventus" markaziy himoyachisi Mateys De Ligt yaqin kunlarda operatsiya qilinadi, deya xabar tarqatdi "Sky Italia".
"Menga bu operatsiya menga kerak. Shuning uchun e'tiborimni hozirda shunga qaratganman. Afsuski, biz Evropa chempionlar ligasidan chiqib ketdik. Lekin endi qayta tiklanish uchun qulay payt", - dedi himoyachi.
De Ligt yakunlangan mavsum davomida ikki marta elkasidan jarohat oldi. Uning jarrohlik stoliga yotishi mumkinligi haqidagi xabar may oyida tarqatilgan edi. Operatsiyadan keyin uning tiklanishi uchun 3 oy vaqt ketadi. Shu bois, u A seriya va EChL guruh bosqichining dastlabki turlarini o'tkazib yuboradi.
20 yoshli De Ligt o'tgan yilning yozida 85 million evro evaziga "Ayaks"dan "Yuve"ga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda u turinliklar safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.